Oʻrnatish

Strassio’ni oʻrnatish

5 qadam, taxminan 3 daqiqa. Windows va CorelDRAW X7 yoki yangisi kerak.

1

Oʻrnatuvchini yuklab oling

Saytdagi «Yuklab olish» tugmasi — Strassio-Setup.exe fayli. Har doim oxirgi versiya.

Yuklamalar
⬇Strassio-Setup.exe
2

CorelDRAW’ni yoping va oʻrnatuvchini ishga tushiring

Oʻrnatuvchi kompyuterdagi barcha CorelDRAW versiyalarini oʻzi topadi va Strassio’ni belgilangan har biriga qoʻyadi. Windows ruxsat soʻraydi — «Ha» ni bosing.

Strassio Setup
Topilgan CorelDRAW versiyalari:
CorelDRAW 2024 (64-bit)
CorelDRAW X8 (32-bit)
Oʻrnatish
3

CorelDRAW’ni oching

Strassio tosh-tugmasi bor panel paydo boʻladi — uni bosing, oʻngda Strassio paneli ochiladi. Tugma boʻlmasa — Oyna → Dokerlar → Strassio menyusi.

CorelDRAW
↖✎▭
Tosh-tugma Strassio panelini ochadi
4

Sinov yoki kalit

Shesterna → «Litsenziya…». Sinov: «14 kunlik sinov» → Telegram’da Strassio boti → raqam → tugmani yana bosing. Kalit: «Faollashtirish saytini ochish», kalit va pochtani kiriting, kodni nusxalab qoʻying → «Faollashtirish».

Strassio litsenziyasi
14 kunlik sinovyokiFaollashtirish saytini ochishSA1.…Faollashtirish
5

Birinchi ish

Chiziq chizing, tosh va usulni tanlang, «Yaratish» ni bosing. Bitta Ctrl+Z butun amalni bekor qiladi. Batafsil — plagin yordamida («?» tugmasi).

Rasmlar — oynalar sxemasi; haqiqiy ekran suratlari keyinroq shu yerda paydo boʻladi.